23
D-KEYS 2111 chaqiruv paneli
Uskunaning imkoniyatlari va funksiyalari:
Vandalizmga chidamli va zamonaviy korpus
- mustahkam material mexanik shikastlanishlar va tirnalishlar xavfini kamaytiradi;
- panel konstruksiyasi tugmalarni kuch bilan sug‘urib olishga urinishlardan himoya qiladi;
- o‘rnatilgan kamera blok ichida himoya oynasi ostida yashirilgan.
Yoritish elementlari
- kamera, tugmalar va kartani o‘qish qurilmasining yoritilishi yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sharoitda qurilmadan qulay foydalanishni ta’minlaydi;
- iliq yorug‘lik ko‘zni charchatmaydi;
- kamera atrofiga maxsus sozlangan miltillash rejimiga ega chiroqlar o‘rnatilgan.
Uskunaning tashqi ko‘rinishi:
- minimalist dizayn va yashirin mahkamlash elementlari kirish eshigining tashqi ko‘rinishini ortiqcha detallar bilan yuklamaydi;
- yirik o‘lchamdagi va smartfondagidek intuitiv joylashtirilgan qurilma tugmalar, keksalar, bolalar, xonadon egalari shuningdek ko‘rish yoki harakatlanish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun ham qulay foydalanishni ta’minlaydi;
- "Oltin" rangi ko‘p qavatli uylarning zamonaviy fasad ranglariga juda mos keladi.

